00:12 / 16.07.2017
6 908

Donald Tramp o‘g‘lining Rossiya bilan aloqalaridan bexabar bo‘lganini aytdi

Donald Tramp o‘g‘lining Rossiya bilan aloqalaridan bexabar bo‘lganini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp chorshanba kuni Reuters​ agentligiga bergan intervyusida katta o‘g‘li Kichik Donald Trampning saylov arafasida rossiyalik huquqshunos bilan uchrashuvi haqida endigina xabar topganini ma’lum qildi.

AQShda so‘nggi bir haftadan beri kichik Tramp bilan mojaro avjiga chiqqan. Prezidentning o‘g‘li o‘tgan yilgi saylovda otasining g‘alabasi uchun Rosssiyadan yordam olishda ayblanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan yili Donald Trampning prezidnetlikka nomzodi tasdiqlangach, uning katta o‘g‘li rossiyalik huquqshunos Nataliya Veselnitskaya bilan uchrashgan.

Ayni paytda kichik Trampning uchrashuv borasida qilgan e-meyl yozishmalari ham oshkor bo‘lgan. O‘z xatida prezidentning o‘g‘li demokratik partiya nomzodi Hillari Klintonga qarshi ma’lumotni qo‘lga kiritish uchun bunday uchrashuvga jon deb rozi bo‘lishini ma’lum qilgan.

Chorshanba kuni Reyters muxbiri bilan suhbatda Donald Tramp o‘g‘lining rossiyalik huquqshunos bilan aloqasi haqida avvaldan bilmaganini aytgan. Prezidentning aytishicha, u mazkur ma’lumotdan matbuotda shov-shuv ko‘tarilgach xabar topgan.

Oq uy rahbari o‘tgan haftada germaniyada Vladimir Putin bilan uchrashuvda Rossiya prezidentining AQShdagi saylovlarga aralashuvi masalasini muhokamam qilgan. Uning aytishicha, ikki soatdan ortiq davom etgan suhbatning dastlabki 20 25 daqiqasi shu masalaga bag‘ishlangan. Mazkur uchrashuvda Putin saylovga aralashmaganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp o‘g‘lining Rossiya bilan aloqalaridan bexabar bo‘lganini aytdi