
Argentinaning San-Luis shahridagi fermer xo‘jaliklaridan birida noodatiy ko‘rinishga ega echki dunyoga keldi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.
Yangi tug‘ilgan jonivorning ko‘zlari olaygan, tumshuq qismi esa tekis bo‘lib, bir qarashda odamning yuziga o‘xshaydi. Noodatiy ko‘rinishda dunyoga kelgan echkining xo‘jayini buning sababini bilmaydi. U ham jonivorni ilk ko‘rganida hayratlanganini va qo‘rqqanini yashirmadi.
Echkining boquvchisi jonivorni suratga va videoga olib, internetga joyladi. Bu esa ommaning qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Xorij manbalarida jonivorni “jahannamdan kelgan echki”, deb atashdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar