14:04 / 23.07.2017
5 515

Pentagon Rossiyani Vashington uchun «ulkan xavf» deb atadi

Pentagon Rossiyani Vashington uchun «ulkan xavf» deb atadi
AQSh Qurolli kuchlari shtablar rahbarlari birlashgan qo‘mitasining raisi Jozef Danford ma’lum qildiki, Rossiya harbiy salohiyatidan kelib chiqqan holda Vashington uchun «ulkan xavf» hisoblanadi.

«Biz Rossiya bilan yadroviy superqudratli davlat sifatida qarama-qarshilikka borishimiz kerak emas, ammo unutmaslik kerakki, bu davlat biz uchun ulkan xavf sanaladi»,— degan u Aspeneda xavfsizlik masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan konferensiyada. Janob Danford Moskva yadroviy salohiyatga ega ekani hamda kiberkengliklarda harakat qila olishi mumkinligini ta’kidlagan.

U Moskva tomonidan kutiladigan xavf darajasi Eron, Xitoy yoki KXDRdan kutiladigan xavfdan kam emasligiga e’tibor qaratgan.

U bunday tahdidga qarshi turish uchun NATO bilan hamkorlikni kuchaytirish, Rossiya bilan harbiy va kiberxavfsizlik sohasida raqobat qilish zarurligini qo‘shimcha qilib o‘tgan.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon Rossiyani Vashington uchun «ulkan xavf» deb atadi