Xalqaro Gallup tadqiqot kompaniyasi dunyoning eng xavfli va xavfsiz mamlakatlarini aniqladi. Ro‘yxatdagi davlatlar orasida O‘zbekiston ham bor. Bu haqda Qalampir.uz nashri "Haber7.com” portali xabariga asoslanib ma’lum qilmoqda.
Tahlil davomida 135 ta mamlakat maydoni, xvfsizlik holati, qonun ustuvorligi va tartib kabi bir necha toifalar bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, baholandi.
Mamlakatlar 100 ball tizimida baholandi. Ro‘yxatning 1-o‘rnini 97 ball bilan Singapur band etdi. 2-o‘rinni esa 95 ball bilan O‘zbekiston egalladi. Uchlikni 92 ball jamg‘argan Islandiya band etdi.
Turkiya manbasida keltirilishicha, O‘zbekistonda o‘tkazilgan so‘rovnomada ishtirok etganlar so‘nggi 1 yil ichida mamlakatda notinch vaziyat kuzatilmaganligini ma’lum qilishgan.
Ro‘yxatdan shuningdek, 87 ball olgan Germaniya, 85 ochko bilan Eron, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kosova, Myanma, Portugaliya, Shvesiya va AQSh, 83 ochko bilan Marokash, 82 ball olgan Belgiya, 80 ochko bilan Fransiya va Turkiya, 77 ball olgan Iroq, 74 ochko bilan Rossiya va 68 ochko jamg‘argan Ukraina ham joy olgan.
Dunyoning eng xavfli va ishonchsiz mamlakati ham aniqlandi. 42 ball to‘plagan Venesuela eng xavfli davlat deb topildi. Ayni vaqtda bu erda ommaviy tartibsizliklar bo‘lib o‘tayotganligidan xabaringiz bor. Oqibatda esa tinch aholi qurbon bo‘layotgani haqida ma’lumot berib borganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»