Hindiston g‘arbidagi Maxarashtra shtatida cho‘chqa grippi bilan kasallanganlarning soni tezkorlik bilan ko‘payishi kuzatilmoqda. Yil boshidan iyun oyi o‘rtalariga qadar 2324 kishida ushbu gripp aniqlangan bo‘lsa, ularning 284 nafari vafot etgan, deb xabar berdi Daryo.uz.
NDTV telekanalining ma’lum qilishicha, Maxarashtra shtatida gripp tufayli halok bo‘lganlar butun Hindiston bo‘ylab ushbu kasallikdan vafot etganlarning (600 ga yaqin) deyarli 50 foizini tashkil qilmoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, shifokorlar asosan Mumbay shahridan xavotirda, o‘tgan yili H1N1 virusi bilan zararlangan uch nafar inson qayd etilgan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 835 tani tashkil etmoqda. Ularning 16 nafari hayotdan ko‘z yumgan.
Kasallikka chalinganlar orasida Bollivud aktyori Amirxon va uning rafiqasi, prodyuser va rejissyor Kiran Rao ham bor. Aktyor o‘z kasalligi haqida o‘tgan haftaning oxirida ma’lum qilgandi. Uning muxlislari hozirda internet orqali uning sog‘lig‘i qay ahvolda ekanligini kuzatishmoqda.
Shifokorlar Mumbay aholisini, ayniqsa, yoshi katta, homilador va surunkali kasalliklar bilan og‘riydigan odamlarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi