17:34 / 11.08.2017
6 416

Donald Tramp: «Shimoliy Koreyaning tashvishi ko‘payishi mumkin»

Donald Tramp: «Shimoliy Koreyaning tashvishi ko‘payishi mumkin»
AQSh Prezidenti Donald Tramp 10 avgust, payshanba kuni jurnalistlarga Shimoliy Koreyaga nisbatan hamisha muzokoralar g‘oyasi sodiq qolib kelganligini aytdi. Uning aytishicha, biroq Qo‘shma Shtatlarga ziyon etkazishga qaror qilgudek bo‘lsa, u holda Pxenyan ancha asabiylashishgi mumkin.

Tramp, agar Shimoliy Koreya o‘zini shunday tutishda davom etaveradigan bo‘lsa, u holda ko‘plab muammolarga duch kelishi mumkinligidan ogohlantirdi. AQSh prezidentinng ta’biri bilan aytganda, «bu kabi tashvish avval hech kimning boshiga tushmagan».

Washington Postda KXDRning o‘z raketalarini yadroviy jangovar qalpoqchalari bilan ta’minlay olish imkoniyatlari haqida maqola e’lon qilinganidan so‘ng 8 avgust kuni Amerika prezidenti bayonot berib, Pxenyanning harakatlariga Vashington “jahonda misli ko‘rilmagan darajadagi g‘azab va o‘t ochish bilan javob qaytaradi”, deya ogohlantirgan edi. Gazeta AQSh razvedkasidagi manbaga tayanib, KXDR o‘z raketalarini jihozlash uchun kichikroq yadro qalpoqchalari ishlab chiqarishga qodirligi haqida xabar tarqatgan edi.

Pxenyan, Trampning bayonotiiga javob tariqasida, Tinch okeanidagi Qo‘shma shtatlarga tegishli Guam oroliga yaqin xududlarga raketa otish borasida “batafsil rejasi” mavjudligini ma’lum qildi. KXDRdagilar bu kabi raketa uchirishlari Vashington uchun ogohlantirish bo‘lishini ta’kidlashdi.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp: «Shimoliy Koreyaning tashvishi ko‘payishi mumkin»