Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In mamlakatning raketa qo‘shinlari rahbariyati bilan uchrashib, AQShning harbiy bazasiga raketa zarbasi berish borasida kutib turishga tayyorligini aytgan.
Harbiylar suhbat chog‘ida Shimoliy Koreya kompartiyasi tomondan tegishli buyruq olinishi bilan AQShning Guam oroli tomon zarba berishga tayyor ekanliklarini aytganlar. Kim Chen In harbiylarni maqtab, “amerikalik imperialistlar o‘z xatti-harakatlari bilan o‘z bo‘yinlarini sirtmoqqa tiqqanlarini” aytgan. Uning aytishicha, u AQSh barchasini tarozuga solib, yaxshilab o‘ylab ko‘rib, o‘zining “dahshatli taqdirini” yengillashtiruvchi qarorga kelguncha kutib turishga tayyor.
Kim Chen Inning ta’kidlashicha, amerikaliklar «Shimoliy Koreyaga nisbatan ig‘volarni to‘xtatishlari va kelajakda bunday urinishlardan voz kechishlari zarurligini tan olishlari kerak”.
Uning aytishicha, AQSh Shimoliy Koreyaning sabrini sinamoqda. Kim Chen Inning ta’kidlashicha, amerikaliklar oqilona fikr qilishlari kerak. U, shuningdek, raketachilar partiyaning buyrug‘ini doimo bajarishlari kerakligini va zarurat bo‘lganda “yankilar nafasini bo‘g‘ishlari” zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Avvalroq Pentagon rahbari Jeyms Mettis AQSh tomonga har qanday raketaning uchirilishi urush boshlanishini anglatishini aytgandi. Uning aytishicha, amerikaliklar «Shimoliy Koreyaning bunday harakatlariga tezda javob qaytaradilar».
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi