
Nyu-Yorkda o‘smir qizlarning o‘zaro janjali mudhish oqibatga olib keldi. 11 yoshli Jamoneish Merritt dugonasi tomonidan ustiga quyilgan qaynoq suv tufayli og‘ir darajadagi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda “Qalampir” sayti yozmoqda.

Shifokorlar qizning salomatligini qoniqarsiz deb baholashyapti. Intensiv terapiya bo‘limida bo‘lib turgan 11 yoshli Jamoneish hayoti qil ustida turibdi.
Qizning 12 yoshli dugonasi qo‘lga olinib, jinoyat ishi sodir etganlikda ayblanmoqda. Voqea Jamoneish dugonasining uyida qolgan vaqtida sodir bo‘lgan. Jamoneishning akasi qizlar o‘rtasida janjal chiqqanini aytdi. Shundan so‘ng, 12 yoshli qiz Jamoneishning uxlashini kutgan. U uxlagach, uning ustidan qaynoq suvni to‘kib yuborgan.
12 yoshli qizning aytishicha, bunday usulni u internet orqali o‘rgangan. Jamoneishning onasi bo‘lib o‘tgan voqea xususidagi fikrlarini “Facebook”dagi sahifasida bayon etdi. U o‘z murojaatida ota-onalarni farzandlariga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi.
Hozircha 12 yoshli qiz qanday jazo olishi noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar