AQSh sobiq prezidenti Barak Obama Sharlotsvilldagi to‘qnashuvlardan keyin yozgan tvit Twitter yaratilgan vaqtdan buyon eng ommabop tvit bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent»ga tayanib «Daryo» nashr yozmoqda.
Nashr eslatishicha, Sharlotsvillda yuzlab irqchilar hukumatning quldorlik tuzumini saqlab qolishni yoqlab chiqqan Konfederasiya qo‘shinlari generali Robert Edvard Li haykalini olib tashlash niyatiga qarshi norozilik belgisi sifatida miting o‘tkazdi. Marsh chog‘ida o‘ta o‘ng tashkilotlar tarafdorlari va ularning dushmanlari o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, bir ayol halok bo‘ldi.
Shundan keyin Obama Twitter’da Janubiy Afrika davlat va siyosat arbobi Nelson Mandeladan iqtibos keltirdi:
«Hech kim boshqa odamga nisbatan uning terisi rangi, kelib chiqishi yoki dini tufayli nafrat bilan tug‘ilmaydi. Odamlar nafratlanishni o‘rganishi kerak, agar ular nafratlanishni o‘rgana olsa, demak ularni sevishga ham o‘rgatish mumkin, chunki sevgi odam yuragi uchun uning aksidan ko‘ra, tabiiyroq tuyg‘udir — Nelson Mandela», — deb yozdi sobiq prezident uchta tvitga bo‘lingan xabarida.
Yozuvning birinchi qismi 2,73 milliondan ortiq layk to‘pladi.
Bungacha eng ommabop tvit qo‘shiqchi Ariana Grandening 22 may kuni Manchesterda bo‘lib o‘tgan teraktdan keyin yozgan tviti bo‘lgan edi, u 2,72 millionta layk to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...