Yangi Zelandiyada 200 nafar dengiz sayohatchisi ichak gripi bilan kasallandi

Yangi Zelandiyaga tegishli sayohatchi dengiz kemasi palubasidagi yo‘lovchilar safar savomida ichak xastaligiga yo‘liqishgani aniqlandi. «Associated Press» nashrining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu sayohat kemasidagi 1500 nafardan ortiq yo‘lovchining 200 nafarida xastalik qayd etilgan, deb xabar bermoqda «Kun.uz».
«Princess Cruises» kemasi 13 kun davomida mamlakat atrofidagi dengiz suvlarida bo‘lib, bugun poytaxt Melburnga qaytib kelgan. Kema yo‘lovchilarining barchasi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan hamda emlangan.
Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash ishlari inspektori Alister Xamfri ayni vaqtda bemorlarda xastalik chekina boshlayotganini ma’lum qilgan.
Foto: cardiffcraftsmen.co.uk “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing