
Tailand sharqiy sohillarida yog‘ochdan bunyod etilgan uy dengizga qulab tushdi. Hodisa Chonbkuri viloyatidagi Sattaxip qishlog‘ida yuz berdi.
Fojea oqibatida bir kishi halok bo‘lib, uch kishi jarohat oldi. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Rasmiylarning so‘zlariga qaraganda, erta tongda kuchli shamol uyni dengizga oqizib ketgan. Bu vaqtda to‘rt kishidan iborat oila a’zolari uyquda edi, deya xabar beradi O`zbekiston24.uz.
Oilaning kelini sohilga chiqa olmadi va uy bilan dengizga oqib ketdi. Qo‘shnilarning yordami bilan qirg‘oqqa olib chiqilgan kelinning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Hodisa yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar