AQSh prezidenti Donald Tramp 29 avgust kuni “Harvi” dovulidan jabr ko‘rgan, Texas shtati janubida joylashgan Korpus-Kristi shahriga vayronalar ko‘lamini baholash va aholiga hamdardlik bildirish uchun kelgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Tramp Texasga imkoni boricha tezroq kelish uchun jadvalini o‘zgartirishiga to‘g‘ri kelgan. 28 avgustda Tramp qo‘shni Luiziana shtatida unga Texas shtatidan kelayotgan dovul sababli favqulodda vaziyat tartibini kiritdi.
Tramp tiklash ishlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda AQSh hukumati dovul oqibatlarini bartaraf etish uchun katta ko‘lamli operatsiyani namunali o‘tkazish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishini aytgan. Uning aytishicha, gap ofatning “juda katta ko‘lamda” sodir bo‘lgani haqida ketgan. “Hech kim hech qachon bunga o‘xshashini ko‘rmagan”,. deb aytgan Tramp “Harvi” dovuli haqida.
Tramp qutqaruv va tiklash operatsiyalarining ishtirokchilari xatti-harakatlariga yuqori baho bergan. “Biz bir-birimizni tabriklamaymiz, biz barchasi yakunlangandagina bir-birimizni tabriklay olamiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Tramp.
“Harvi” dovuli AQShdagi oxirgi 12 yil ichidagi eng kuchli dovul bo‘ldi. 26 avgustda u tropik shamol darajasigacha zaiflashgan. Tabiiy ofat hududidagi shamolning maksimal tezligi 29 m/soniyadan 20,1 m/soniyagacha tushgan. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, ofat oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi