
AQShda dunyodagi eng ekstremal do‘kon o‘z ishini boshladi. Bu do‘kon 1,8 ming metrlik qoyada o‘rnatilgan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, yangi do‘kon kunbo‘yi alpinistlarga turfa xil mahsulotlarni taklif qildi. Kun davomida do‘kon Kolorado kanonidagi Bastiliya devori bo‘ylab ko‘tarilgan alpinistlarga xizmat ko‘rsatgan.
Do‘kon amerikalik alpinistlarga yordam berishi rejalashtirilgan marketing nayrangi doirasida bor-yo‘g‘i 24 soat ishlagan.


Deyarli 2 ming metr balandlikda joylashgan bu do‘kon Amerika alp klubi va Ruxsat berish jamg‘armasiga pullar yig‘ib bergan. Bu tashkilotlar alpinistlar davlatning ba’zi yerlarida faoliyat yuritishlariga ruxsat olmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar