17:21 / 05.09.2017
3 049

Moskvada faqatgina elektromobillar uchun mo‘ljallangan turargohlar paydo bo‘ldi

Moskvada faqatgina elektromobillar uchun mo‘ljallangan turargohlar paydo bo‘ldi
Moskva markazida elektromashinalar uchun quvvatlanish bekatlari oldida maxsus avtoturargohlar yaratildi. Bu haqda «Shahar merligi» saytiga asoslanib «Like it» xabar berdi.

Hokimiyat shaharda 7 ta miniturargohlar o‘rnatgan bo‘lib, ularning har birida 2 tadan elektromashinalar joylasha oladi. Turargohlar Qizil Presnyada, Ostojenkada, Baxrushina ko‘chasi, Kichik Dmitrovkada, Katta Bronnayada, Glinishevska va Katta Nikolovorobyov chorrahalarida qurilgan.

Transport departamenti rahbari Maksim Liksutovning so‘zlariga ko‘ra, 2017-2018- yillarda shaharda 157 ta shunday turargohlar qurib bitkaziladi. Ular uchun maxsus texnik talablar ham ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Elektrokar egalari Moskvadagi pullik avtoturargohlarga bepul mashinalarini qoldira oladilar, avval bunday maxsus turargohlar shaharda bo‘lmagan.

2017-yilning iyulida bunday loyiha haqida meriya ta’kidlagandi. O‘shanda bir necha yil ichida elektr avto turargohlari uchun 200 tacha hudud belgilanishini ma’lum bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada faqatgina elektromobillar uchun mo‘ljallangan turargohlar paydo bo‘ldi