Rajaston shtatidagi Udaypur shahri chekkasida joylashgan qishloqda yashovchi ayollar 2,5 metrli pitonni tutib olib, ikki soat davomida uni qo‘riqlashdi. Kun.uz nashri shu haqida xabar berdi.
Ayollardan biri oilaviy dalada ishlayotib, sudralib yuruvchini payqab qoladi. Uning qichqirgan ovoziga boshqa qishloqdoshlari yetib kelishdi. Yig‘ilganlar ilonning boshqa dalaga o‘tib ketmasligi uchun uni har tarafdan o‘rab olishga qaror qilishdi. Bundan tashqari, ular ilonga hech kim tosh otmasligi va zarar yetkazmasligini nazorat qilishdi.
Kamida yetti ayol ikki soat davomida ilonning atrofida turdi, so‘ngra ayollardan birining qarindoshi kelib, Udaypurdan yovvoyi hayvonlar bilan ishlovchi mutaxassisni chaqirib keldi. Yetib kelgan mutaxassis bu yo‘lbars-piton ekanini aytdi. Ilonning zaharli emasligini bilgach, ayollar uni ushlab, suratga tushishdi.
Yo‘lbars-pitonlar Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda keng tarqalgan. Ular uzunasiga 4 metrgacha o‘sib, kichik tuyoqlilar, kemiruvchilar, maymunlar va qushlar bilan oziqlanadi. Yiriklari odamlarga hujum qilishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi