
Fanlar akademiyasining fizika instituti rentgen-quyosh astronomiyasi laboratoriyasi olimlari 13 sentyabr kuni kuzatiladigan magnit bo‘roni haqida ogohlantirmoqda.
Magnit bo‘roni 10 sentyabrda Quyoshdagi chaqnash tufayli yuzaga kelgan va uning quvvati 5 balldan 2–3 ballga teng deb baholanmoqda.
10 sentyabrdagi chaqnash 4 sentyabrda boshlangan eng kuchli chaqnashlardan biridir. Endilikda chaqnash faolligi Quyoshning teskari qismiga o‘tadi. Mutaxassislarning xulosalariga ko‘ra, keyingi ikki hafta mobaynida ortiqcha quyosh faolligi odamlarga xavf tug‘dirmaydi.
Shunga qaramay, yaqin kunlarda oxirgi chaqnashning energiya zarrachalari massasi Quyosh tizimi sayyoralarini qamrab oladi. Asosiy ta’sir Merkuriy va Venera sayyorasiga o‘tadi, Yerga esa Quyosh to‘lqinining magniti faqat kichik darajada ta’sir qilishi mumkin.
Manba: qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar