Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Oqo‘rdada xorijiy va mahalliy jurnalistlar bilan matbuot anjumanda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashgani haqida so‘zlab berdi.
Nazarboyev qozog‘istonlik jurnalistning “Sizning Tramp bilan suhbatingiz nima haqida bo‘ldi?” degan savoliga, jilmayib “Qiziq, nimani bilishni istardingiz? Siz menga ishonmaysizmi?” deb javob qilgan.
Prezident ikki davlat yetakchilarining telefon orqali suhbati odatiy hol ekanligini ta’kidlab o‘tdi. O‘tgan yil noyabrda Nazarboyev Tramp prezident etib saylangandna keyin unga qo‘ng‘iroq qilgan, keyinroq esa u bilan AQSh va arab davlatlari uchrashuvida yuzma-yuz ko‘rishgan.
Bu gal esa Trampning o‘zi Nazarboyevga qo‘ng‘iroq qilgan.
“Biz avvalo Qozog‘iston-AQSh munosabatlari haqida so‘zlashdik. Men unga AQSh kompaniyalari Qozog‘istonga 40 mlrd dollar sarmoya qiritishganini eslatib o‘tdim. Bizda AQSh biznesi ishtirokidagi 500 dan ko‘proq kompaniya ishlaydi. Men undan sanksiyalar bu kompaniyalar faoliyatiga ta’sir qilmasligini so‘radim. U esa bu Qozog‘istonga ta’sir qilmasligiga va’da berdi”, deb aytmoqda Nazarboyev.
Nazarboyev Trampdan Rossiya bilan munosabatlar haqida ham so‘ragan.
“Albatta, men bizga yaqin bo‘lgan davlat – Rossiya bilan munosabatlar haqida so‘ramay olmasdim. Men Rossiya va Rossiya yetakchisi g‘arbda noto‘g‘ri qabul qilinishini, u umuman boshqacha odamligini ochiqchasiga aytdim.
U menga “Bilasanmi, men Germaniyada Putin bilan uchrashdim va endi barchasi vaziyatlarga bog‘liqdir. Fikrimcha, istak bo‘lganda bu relslardan chiqib, munosabatlarni yo‘lga qo‘yish mumkin” deb javob qildi”, deb eslamoqda Nazarboyev.
Tramp suhbat chog‘ida Nazarboyevga Oq uyga kelishni taklif qilgan, Qozog‘iston prezidenti bunga bajonidil rozi bo‘lgan.
“Deyarli hammasini so‘zlab berdim”, deb o‘z so‘zlarini intiholagan Nazarboyev.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas