18:03 / 16.09.2017
7 052

Dollardan ozod bo‘lish. Venesuela neft narxini yuanda e’lon qila boshladi

Dollardan ozod bo‘lish. Venesuela neft narxini yuanda e’lon qila boshladi
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro neft narxlarini e’lon qilishda dollardan voz kechilganlik haqida xabar berdi. Buning o‘rniga mamlakat Xitoy milliy valyutasi - yuanga o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga AQSh prezidenti Donald Trampning "noqonuniy, asossiz va chaqiriq uyg‘otuvchi sanksiyalari" sabab bo‘lgan.

— Bizni majburlashdi. Biz o‘zimizni himoya qilishimiz kerak, — dedi Maduro Venezolana de television telekanali efirida.

Maduro Venesuela xalqaro hisob-kitoblarda yuan, yevro, iyena, rupiy va boshqa valyutalarni ishlatishi haqida o‘tgan haftada ma’lum qilgandi. Uning fikricha, bu "dollardan ozod bo‘lishga" yo‘naltirilgan harakatdir.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri Venesuela neft savdosida dollardan voz kechgani haqida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dollardan ozod bo‘lish. Venesuela neft narxini yuanda e’lon qila boshladi