19:31 / 16.09.2017
5 434

Avstriya parlamenti binosida Hitlerning byustlari topildi

Avstriya parlamenti binosida Hitlerning byustlari topildi
Avstriya parlamentining tarixiy binosidagi ta’mirlash ishlari davomida Adolf Hitler byustlari va u tasvirlangan suratlar topildi. Bu haqda Kun.uz xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, yerto‘ladan Hitlerning ikkita byusti, u tasvirlangan to‘rtta surat hamda bir barelef (tekis yuzaga ishlangan bo‘rtma naqsh) topilgan. Avstriya Milliy kengashi spikeri Doris Buresonning qayd etishicha, topilma parlamentda natsistlar tarixiga tegishli buyumlar yo‘q qilinishi lozimligini ko‘rsatadi.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, parlamentning tarixiy binosida, Avstriya 1938 yilda qo‘shilganidan so‘ng «Birlashish masalalari bo‘yicha reyxskomissariat» joylashgan. Keyinchalik bino Milliy sotsialistik nemis ishchilari partiyasiga berilgan.

Joriy yilning fevral oyida Avstriyada Hitlerga o‘xshash bo‘lgan yigit hibsga olingani xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriya parlamenti binosida Hitlerning byustlari topildi