Yaponiyada 18 tartib raqamini olgan “Talim” to‘foni sababli mahalliy aviakompaniyalar kamida 585 ta mahalliy va xalqaro reysni bekor qilishdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Yaponiyaning JAL (Japan Airlines) va ANA (All Nippon Airways) kabi yirik aviakompaniyalari mos ravishda 151 ta va 225 ta mahalliy reysni bekor qilishga majbur bo‘ldi. Peach Aviation kompaniyasi 53 ta mahalliy va xalqaro reysni qoldirgan. Jetstar esa 43 ta reys qoldirilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, to‘fon sababli Japan Air Commuter, Skymark airlines, Solaseed Air, Spring Japan, Japan Transocean va Vanila Air kompaniyalari umumiy hisobda 114 ta reysni bekor qilishgan.
Ayni vaqtda “Talim” to‘foni Yaponiyaning janubidagi Kagosima prefekturasida kuzatilib, shimoli-sharqiy yo‘nalishda harakatlanmoqda. Uning markazidagi bosim 975 gektopaskalni, shamol kuchi soniyasiga 30 metrni tashkil qilmoqda. Ob-havo mutaxassislarining fikricha, to‘fon sababli Kyusyu va Sikoku orollarida dushanbagacha 350 mm yog‘ingarchilik tushishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi