10:06 / 19.09.2017
5 434

Kipr fuqarolik berish evaziga 4 mlrd dollar ishlab oldi

Kipr fuqarolik berish evaziga 4 mlrd dollar ishlab oldi
2013 yildan Kipr hukumati mahalliy ko‘chmas mulk yoki obligatsiyaga sarmoyalar evaziga pasport berish orqali 4 mlrd yevrodan ko‘proq pul ishlab oldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

Kipr Yevropa Ittifoqi tarkibiga kirgani sabab, bu davlat pasporti uning egasiga YeIning barcha davlatlarida ishlash va yashashga ijozat beradi.

2016 yilda Kipr 400 dan ko‘proq pasport bergan. 2013 yilgacha Kipr fuqaroligi ba’zi vazirlar qarori bilan va kamroq rasman tartibga ko‘ra berilgan. Keyinroq kiritilgan sxema Kiprdagi ko‘chmas mulkka 2 mln yevro o‘lchamidagi investitsiya yoki Kipr kompaniyalari yoxud davlatning 2,5 mln yevrolik obligatsiyalarini olish evaziga fuqarolikni olishga imkon beradi.

Kiprning bo‘lajak fuqarolari tilni bilishlari shart emas, biroq 7 yilda bir marta Kiprga kelib turishlari lozim.

Nashrning ma’lum qilishicha, Kipr pasportini olganlar orasida “Rossiya parlamentining sobiq a’zosi, Ukrainaning yirik tijorat banki asoschisi va kazinoga ega bo‘lgan milliarder” bor. Bundan tashqari, 2013 yilgacha rossiyalik milliarder Dmitriy Rыbolovlyov va Suriya prezidenti Bashar Asadning amakivachchasi Rami Makluf Kipr fuqarosiga aylanganlar.

Rыbolovlyov Kipr fuqaroligini 2012 yilda olgan. Aytilishicha, u 2008 yilda Donald Trampdan 95 mln dollarlik uyni sotib olgan.

Kipr moliya vazirining aytishicha, fuqarolikni berish dasturi “Kiprda doimiy vakolatxonalarni oluvchi va biznes uchun asos soluvchi” sarmoyachilar uchun zarur. Moliya vazirligida aytilishicha, fuqarolikni olishga barcha arizalar qat’iy tekshiruvdan o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kipr fuqarolik berish evaziga 4 mlrd dollar ishlab oldi