
Puerto-Rikoda dunyoda kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan mashhur «Aresibo» radioteleskopi rahbariyati «Mariya» dovuli yaqinlashib kelayotgani tufayli, uning ishini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda «Gazeta.ru»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
«‘Mariya’ dovuli xavfi tufayli, ‘Aresibo’ observatoriyasi tayyorgarlik jarayonlarini boshladi, — deyiladi tashkilot Twitter’ida. — Ham teleskopning, ham tadqiqot uskunasining himoyasi yoqiladi».
Teleskop orqali kuzatishlar 21 sentyabrgacha to‘xtatiladi. Bundan tashqari, 27 sentyabrgacha teleskopga tashrif buyurish markazi yopiq bo‘ladi.
Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, «Mariya» dovuli shamollari Puerto-Rikoga 19 sentyabr, seshanba kuni ertalab yetib borishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar