
Isroillik fermerlar kam sug‘orish yo‘li bilan sifatli pomidor yetishtirish usulini sinovdan o‘tkazishyapti. Yangi ishlanma an’anaviy navlar kultivatsiyasida talab etiladigan suvni 90 foizga tejash imkonini beradi, deb yozmoqda «O'zbekiston24» sayti.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, loyihaning afzalligi uning jazirama issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligida. Hozir tajriba maydonchasida 200 turdagi 40 mingta ko‘chat sinovdan o‘tkazilyapti. Mavsum boshida 3 hafta davomida sug‘orilgan ekinlar yoz oxiriga qadar biron marta ham suv ichgani yo‘q.
Laboratoriyada har yili 700 ga yaqin nav sinab ko‘rilib,eng samarali deb topilganlarining urug‘i ko‘paytiriladi. Shuningdek, zararkunanda hashoratlar va xar-xil kasalliklarga chidamli turlarni yetishtirish bo‘yicha xam ilmiy tajribalar o‘tkazilmoqda. Ayni yo‘nalishdagi tadqiqotlar ustida Yevropalik olimlar ham izlanishlar olib borishyapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar