15 145
O‘zga sayyoraliklar bir-biri bilan qanday muloqot qilishini Amerika olimlari aniqlashdi…
Amerikadagi bir guruh olimlar ancha vaqtdan beri o‘zga sayyoraliklarning o‘zaro munosabatlari masalasida izlanishlar olib borishgan. Bundan bir narsa ma’lum bo‘ldi. Ya’ni, agar biz shu kunga qadar o‘zga sayyoralik gumanoidlar bir-biri bilan faqat tovush yordamida biz kabi muloqot qiladi deb hisoblagan bo‘lsak, demak xatoga yo‘l qo‘ygan ekanmiz. Aslida gumanoidlar boshqa vositalar ko‘magida o‘zaro muloqotga kirishadi.
Birinchidan, ular umrguzaronlik qiladigan bizga noma’lum sayyorada atmosfera o‘ta zich joylashgan. Bu o‘zga sayyoraliklarga tovushga umuman hojat qoldirmaydi.
Ikkinchidan, o‘zga sayyoraliklar turli signallarni Quyosh yordamida qabul qilib oladi, jo‘natadi. NASA olimlari ham buning isboti sifatida yaqin oylarda yozib olingan xuddi shunday signallarni namoyish etishgan.
Uchinchidan, biz kabi gapirish uchun o‘zga sayyoraliklarning tili, qulog‘i va og‘iz bo‘shlig‘i yo‘q. Bu ham gumanoidlar tovush emas, maxfiy signallar yordamida muloqot qilishining yana bir isbotidir.
Darvoqe, yaqinda Quyoshda sodir bo‘lgan kuchli portlashlar chog‘ida NASA olimlari bu yulduz atrofi o‘zga sayyoraliklarga tegishli kemalar bilan to‘lib ketganini kuzatishgandi. U holda haqiqatan gumanoidlar aynan Quyoshdan muloqot uchun signallar olishi haqiqat ekaniga shubha yo‘q.
Manba: hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Google'ning Gemini chatboti foydalanuvchiga o‘lim tiladi