
Ukrainaning Vinnitsa viloyati Kalinovka qishlog‘i yaqinidagi o‘q-dori omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Mamlakat Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ombordagi yong‘in sababli portlashlar boshlangan, ularning davomiyligi daqiqasiga uchtaga yetgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Vinnitsaga trassalar va temir yo‘llari butunlay to‘sib qo‘yilgan, Kalinov tumanidan taxminan 30 ming kishi evakuatsiya qilindi. Osmon esa ombordan 50 kilometr radiusda yopilgan. Ukraina matbuoti ikki kishining jarohatlangani haqida xabar berdi. Yong‘inning vujudga kelishiga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Kalinovkadagi omborning 60 gektar maydonida 188 ming tonna o‘q-dori saqlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar