22:20 / 27.09.2017
7 686

Amerika yaqin kelajakda suvga g‘arq bo‘ladi…mi? (Juna bashorati)

Amerika yaqin kelajakda suvga g‘arq bo‘ladi…mi? (Juna bashorati)
Juna hayot paytida o‘zining ochiqchasiga gapirishi, bashoratlarini sirlarga chirmamasligi bilan ham boshqa bashoratchilardan ajralib turgan. U bashorat qilishdan tashqari odamlarni giyohlar bilan ham davolagan. Tabib sifatida ham tilga tushgan. Lekin baribir uni bashoratchi sifatida ko‘proq qadrlashadi. Qarang, o‘limidan oldin aynan Amerika Qo‘shma Shtatlarining yaqin kelajagi to‘g‘risida bashorat qilgan ekan.

— Amerika uzoq yashamaydigan bo‘lib turibdi, — degandi u o‘z bashoratida. — Bu davlatni atom yoki yadro emas, kalondimog‘lik jarga qulatadi. Harbiylari ilgarigi mavqeni qaytarish uchun o‘ta zamonaviy qurol yaratishga kirishadi. Dastlab hammasi yaxshi boshlanadi. Bu superqurol oldida yadro quroli xuddi bolalar o‘yinchog‘idek bo‘lib qoladi. Amerikaliklar dunyoni xuddi shu yangi superqurol bilan qayta o‘ziga bo‘ysundirish niyatida ter to‘ka boshlaydi. Baxtga qarshi, bu ishi xudoga sira ma’qul bo‘lmaydi. Qurolni test sinovlaridan o‘tkazayotganda nimadir bo‘ladi-yu, o‘z quroli o‘zini kunpayakun qiladi.

Aniqrog‘i, shu qurolning salbiy ta’sirida Amerika qit’asi suv ostida qoladi. Hech kimni hech kim saqlab qola olmaydi. Faqat Alyaskagina suvga g‘arq bo‘lmaydi. Alyaska bu falokatdan so‘ng mustaqil davlat maqomini oladi. Bu yerda yashovchilar qo‘shni davlatlarning biriga murojaat etib, Alyaskani ham tarkibiga qo‘shishni so‘rashadi. Shubhasiz, bu davlat Rossiya hisoblanadi. Rossiya shunday qilib bir paytlar Gorbachyov sotib yuborgan hududini, ya’ni, Alyaskasini o‘ziga qaytaradi…

Ha, bashoratchilar tarixda juda ko‘p bo‘lgan, ularning har biri kelajak haqida bashoratlar qilgan. Qaysidir bashoratchining aytganlari to‘g‘ri, boshqasiniki noto‘g‘ri chiqqan. Lekin odamlar bilib, ko‘rib, tushunib, anglab, ilg‘ab turibdi. Kimning boshiga qanday musibat tushmoqda-yu, sababi nimadaligini ham tushunib turibdi. Shunday ekan, nafaqat bir asr, balki ikki yoki bir soatdan keyin odam nima bo‘lishini faqat xudo biladi. Xudoning amrisiz tikon kirmaydi. Demak, biz bandalar har qanday holatda ham Yaratgandan faqat yaxshiliklar, shafqat so‘rab qolamiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerika yaqin kelajakda suvga g‘arq bo‘ladi…mi? (Juna bashorati)