
Kanadada dunyoning eng katta olmosi Lesedi La Rona sotildi. Olmosni Graff Diamonds kompaniyasi 53 million dollarga sotib oldi.
“Biz ushbu noyob olmosning yangi egasi ekanligimizdan hayajondamiz. Bu mening faoliyatim davomida juda muhim kun. Menga tabiatning mo‘’jizasi bo‘lmish Lesedi La Rona’ni qo‘lga kiritish nasib qildi”, - deydi olmosning yangi egasi Lourens Graff.
Lesedi La Rona olmosi 2015 yilning noyabrida Botsvanda topilgan. Mahalliy tildan tarjima qilganda “Bizning nur” deb ataladi. Uning og‘irligi 1109 karat (221,8 gramm). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar