
Dunyoning qaysi burcha yashamasin, qaysi elat, millatga mansub bo‘lmasin barcha onalarning farzandlariga bo‘lgan mehrlari bir xil. Farzandi uchun hech kim uddalay olmaydigan ishni ham ular eplay oladilar. Aynan onalik mehrlari bilan.
To‘g‘ri, hayotning o‘nqir — cho‘nqir yo‘llarida har xil taqdirlarni kuzatamiz. Bolasidan voz kechgan, dilbandini nimalargadir alishgan «ona»lar yo‘q desak gapimiz haqiqatdan uzoqlashadi. Lekin biz hozir ular to‘g‘risida emas, aynan ONA nomiga munosiblar haqida aytmoqchimiz. U tunlarni tonglarga ulab, beshik tebratgan o‘zbek onalarimi yoki o‘zga millat onalarimi, ularning bari farzand uchun yaralgandek go‘yo.
Quyida berilayotgan videorolikda ham ana shunday onalardan biri haqida hikoya qilinadi. Unda ayol hech kim qilolmaydigan ishni onalik mehri va umidi bilan uddalaydi.
Video “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar