
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulazizning Jidda shahridagi saroyiga qilingan qurolli hujum natijasida 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda “Qalampir.uz” nashri xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi General-mayor Mansur at-Turkiy bergan bayonotga ko‘ra, voqea Jiddadagi “Salom Saroyi”ning kirish nazorati nuqtasida sodir bo‘lgan. Qurolli hujum natijasida 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo‘lgan, 3 nafari esa jarohat olgan.
Qurolli hujumni amalga oshirgan shaxs 28 yoshli Saudiya fuqarosi ekanligi va u voqea joyida qirrolik xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan yo‘q qilinganligini qo‘shimcha qilgan at-Turkiy.
Voqea yuzasidan surishtiruv va tergov ishlari boshlab yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar