09:40 / 11.10.2017
5 218

Serbiya tashqi ishlar vaziri Erdo‘g‘anga qo‘shiq kuylab berdi

Serbiya tashqi ishlar vaziri Erdo‘g‘anga qo‘shiq kuylab berdi
Serbiya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari va TIV rahbari Ivitsa Dachich tantanali kechki ovqat paytida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga turk tilida qo‘shiq kuylab berdi.

Dachichning kuylayotgani tasvirlangan video seshanba kuni kechqurun ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi, shuningdek, Serbiyadagi ko‘plab OAV saytlarida e’lon qilindi.

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, bosh vazir o‘rinbosari qo‘liga mikrofon tutib olgan holda Erdo‘g‘an rafiqasi Amina va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich turmush o‘rtog‘i Tamara bilan birga o‘tirgan stol yonida Osman Aga qo‘shig‘ini kuylab bergan. Davlatlar rahbarlari, kechada qatnashayotgan deyarli barcha vazirning chiqishini olqishlar bilan kutib olishdi.

Boshqa bir videoda Dachich bosniyalik xonanda Xolid Beshlichning Bolqon yarim orolida mashhur bo‘lgan «Milyatska» qo‘shig‘ini ijro etgan. Shu bilan birga, Belgrad muftiysi Mustafo Yusufspaxich Dachichga choy puli beradi, odamlar esa bunga qarsaklar bilan javob qaytargan.

Erdo‘g‘an Serbiyada ikki kunlik tashrif bilan bo‘lib turibdi. Turkiya prezidenti sharafiga uyushtirilgan tantanali qabulda Erdo‘g‘an va Serbiya rahbari o‘zaro sovg‘alar almashdi. Vuchich velosiped va shaxmatlarni olgan bo‘lsa, Erdo‘g‘anga serblarning an’anaviy gilamchasi "chilim" hadya etildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Serbiya tashqi ishlar vaziri Erdo‘g‘anga qo‘shiq kuylab berdi