16:39 / 14.10.2017
11 930

Cuv ostidagi arvoh (yoxud Qizil dengiz dahshatlari…)

Cuv ostidagi arvoh (yoxud Qizil dengiz dahshatlari…)
Aslida arvohlar eski qal’alar, tashlandiq uylar, binolar, qabristonlarda bo‘lguvchi edi. Ammo 52 yoshli dayver birmingemlik Darren Xarrisning surati juda ko‘pchilikni dahshatga solmay qolmadi. Dayver Qizil dengizda suv ostidagi arvohlarni suratga olishga erishibdi. Qiziq, nahotki, arvohlar suv ostida ham kezishsa?..

U Misrning Xurgad shahrida dam olish bilan birga sevimli xobbisi dayving bilan shug‘ullanib ko‘rishga ahd qildi. Suv ostiga sho‘ng‘idi-yu, do‘stlarini suratga oldi. Surat tayyor bo‘lgach, qarasa, orqa fonda qandaydir qo‘rqinchli shakllar paydo bo‘libdi. Bu shakl xuddi odam qiyofasida edi. Xarris bu shakllarning arvoh ekaniga sira shubha qilmadi. Darhol qaytadan suv ostiga sho‘ng‘idi-yu… Juda ko‘plab xuddi shunday suratlarni tayyorlashga erishdi.

— Aslida mening o‘zim arvoh borligiga ishonmasdim, — dedi u Angliyaga qaytgach. — Ammo suratlardagi qo‘rqinchli va noodatiy shakllar hayron qoldirdi. Fikrimcha, bu shakllar dengizga cho‘kib o‘lgan odamlarning arvohi. Bunga sira shubham yo‘q…

Internet saytlaridagi fikrlar turlicha bo‘ldi. Xarrisni kimlardir tanqid ostiga oldi, kimlardir hayratini sir tuta olmadi. Ufologlar, umuman, shunday manzaralar bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham suv ostidagi arvohlar tabiiy ekanini rad etishmadi. Ularning fikriga ko‘ra, dengizlar, okeanlar ostini ham Yaratganning o‘zi nazorat etadi. Suv ostida ham hayot bor. Kimlardir dengiz, okeanga cho‘kib boqiy dunyoga rixlat qilsa, ruhi tinchlana olmaydi, yaqinlarini sog‘inadi, shunday o‘lim topganidan afsuslar chekadi. Shunday arvohlar boqiy dunyoga ravona bo‘la olmay ikki dunyo oralig‘ida sarson kezgan mahal tirik odamni ko‘rib qolsa, albatta ko‘rinish bergisi keladi. Shu yo‘l bilan armonlarini, sog‘inchini, istaklarini izhor etmoqchi bo‘ladi.
Tag‘in xudo biladi!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Cuv ostidagi arvoh (yoxud Qizil dengiz dahshatlari…)