20:05 / 14.10.2017
5 996

Otunbayeva: QR prezidenti Nazarboyevga yondashish uchun til topa olishi kerak

Otunbayeva: QR prezidenti Nazarboyevga yondashish uchun til topa olishi kerak
Qozog‘iston bilan chegaradagi o‘tkazish joylaridagi masalalarni hal qilish uchun prezidentlar darajasida muzokaralar o‘tkazilishi zarur. Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva «Sof saylovlar uchun» harakatining matbuot konferensiyasida shunday fikr bildirdi, deb yozmoqda «Tnews.uz» sayti.

«Eng asosiysi, prezident qadam tashlashi kerak. Prezident o‘z mas’uliyatini his qilayaptimi, bilayaptimi? Kechirim so‘ramaganda ham, hech bo‘lmasa, Qozog‘iston prezidentiga yondashuv topishi va unga murojaat qilishi kerak», — dedi u ikki mamlakat chegarasidagi vaziyatni sharhlay turib.

Otunbayeva masalani hukumatlar darajasida hal qilishning iloji yo‘q, deb hisoblaydi.

Qozog‘iston bilan chegaradagi vaziyat 10 oktyabr kuni murakkablashdi. Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining ma’lumotlariga qaraganda, Qozog‘iston chegaradan o‘tkazishni kuchaytirilgan tartibda amalga oshira boshladi. Natijada o‘tkazish joylarida navbatlar yuzaga keldi.

Avvalroq, 7 oktyabr kuni, prezident Almazbek Atamboyev Qozog‘iston prezidentini Qirg‘izistonning ichki ishlariga va prezident saylovlariga aralashishga urinishda tanqid qilgan edi. U Nursulton Nazarboyevni prezidentlikka nomzod O‘murbek Babanov bilan uchrashgani uchun, shuningdek boshqa nomzod Temir Sariyev qozoq biznesmeni Bulat Utemuratov bilan uchrashgani uchun tanqid ostiga oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Otunbayeva: QR prezidenti Nazarboyevga yondashish uchun til topa olishi kerak