AQSh prezidentlari o‘tgan davr mobaynida Xitoy rahbarlariga qandaydir hayiqish bilan qarab keldi. OAVda oldida chiqish qilib, xitoylik yetakchi haqida fikr bildirish kerak bo‘lsa, albatta, uning «uzoqni ko‘ra bilishi» bilan gap boshlangan. Prezidentlik lavozimini egallagan Richard Nikson ham Maoga nisbatan ana shunday sifatlarni ishlatib, «uning xati butun dunyo tartiboti o‘zgartirdi», deb ta’kidlagandi.
Uning ortidan Jimmi Karter Den Syaopinni «aqlli, tartibli va qat’iyatli, do‘stona xarakterga ega», deya uning sha’niga maqtovlar o‘qigan. Bu «an’anani» Bill Klinton va Jorj Bush ham davom ettirdi. Navbat amaldagi prezident Donald Trampga yetib keldi. Washington Post AQSh prezidentining Xitoy yetakchisi Si Szinpinni «dunyoning eng kuchli kishisi», deya e’tirof etganini alohida ta’kid bilan chop etdi.
Janob Tramp bu gal haqiqatni aytgandir, balki. Iqtisodiy qudrati AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinda qayd etib kelinayotgan Xitoy harbiy salohiyat borasida ham kundan-kunga «semirib» bormoqda. Ammo, zamonaviy xalqaro munosabatlar sharoitida dunyoning qudratli davlatini boshqarib turgan rahbar o‘z uyida «o‘zgalar» uchun kun tartibini joriy etolmagan ko‘rinadi. Qolaversa, AQSh haligacha dunyoning eng qudratli mamlakati bo‘lib qolmoqda, ammo uning prezidenti o‘z yurtida zaif, chet el safarlarida esa samaradorlik natijasini ko‘rsata olmayapti.
Aksincha, Xitoy rahbari o‘z mamlakati haqida tushunchasi hammanikidan farqli ekanini isbotlab bermoqda. Bir paytlar Mao boshqaruvi davrida barcha kuzatuvchilar tomonidan «xaotik va qoloq» deya ta’riflangan Xitoy globallashuvning asosiy tizginini to‘liq nazoratga olgan. 18 oktyabr kuni esa poytaxt shaharda Butun Xitoy kommunist partiyasi vakillarining besh yillik rejadagi kongressi o‘tkaziladi. Ushbu tadbirni kuzatishga taraddud ko‘rgan butun dunyo xalqlari kommunistlarning qanday reja tuzishi va tashqi siyosatini belgilab olishiga qiziqqan, desak xato bo‘lmaydi.
Si Szinpin «Bir makon, bir yo‘l» loyihasini ommaga tanishtirganda, balki nomidan reja asli nima haqda ekanligini anglash qiyin bo‘lgandir. Ammo u hammasini aniq aytdi: Xitoy tassarufidagi dollarlar xorijda mavjud infratuzilmani rivojlantirishga sarf etiladi. U Davos forumida ham, Parij iqlim o‘zgarishi kelishuvida ham o‘z pozitsiyasini aniq ifoda etib bera oldi. Masalan, sanoati bilan tabiat ifloslantirayotgan eng katta davlatlardan biri bo‘la turib, kelishuvga rioya qilishga va’da berdi.
AQSh esa Yevropada Marshall rejasini amalga oshirganidan beri deyarli katta loyihaga qo‘l urmadi. Parij iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi kelishuvdan AQShning chiqishi esa uning ichki siyosatida ham ziddiyatlarni keltirib chiqardi.
Endilikda, barcha masala 18 oktyabr kuni ayon bo‘ladi: kongress Si Szinpinga qo‘shimcha vakolatlar taqdim etadimi? Dunyoning eng qudratli davlati bilan munosib bahslashish imkoniyatiga ega Xitoy rahbari barcha vakolatlardan foydalanadimi? Biz buni kuzatamiz.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi