06:24 / 19.10.2017
12 260

Bruney haqida hayratlanarli faktlar

[img]https://zamin.uz/uploads/posts/2017-10/1508383524_161.jpg

1. Ushbu mamlakat ko’chalarida aksirish mumkin emas. Aksirgan inson kattagina jarima bilan jazolanadi.

2. Bruneyda sariq rangli libos kiyish ta’qiqlangan. Ushbu harakat sultonni tahqirlash bilan barobar.

3. Barmoq bilan biror inson yoki buyumni ko’rsatish ham bu yerda odobsizlik sanaladi.

4. Mamlakatda tungi klub, diskoteka va turli pablarni mutlaqo uchratmaysiz.

5. Yiliga millionlab odam bu o’lkaga tashrif buyurishni orzu qiladi.

6. Bruney sultanati haritada no’xatdekkina keladigan mamlakat bo’lib, XVI asrda maydoni hozirgidan ancha kattaroq bo’lgan. Keyinchalik yonidagi orollar Indoneziya tarkibiga o’tib ketgan.

7. Ayrim sultonlar tomonidan olib borilgan tartibsizliklar sabab Bruney bugungi kunda asl holatidan 10 barobar kichiklashgan. Mamlakatning birinchi burchagidan ikkinchisi tomon borish uchun avtoulovda 2 soat vaqt kerak bo’ladi xolos.

8. Bruney dunyoning eng boy mamlakati hisoblanadi. Mamlakatning foyda keltiruvchi asosiy zahirasi – neftdir.

9. Bruney aholisi vakillari soliq to’lamasdan yashashadi.

10. Bruney sultanatining tashqi qarzlari ham mavjud emas.

11. Bu yerdagi eng nochor odamning ham yo’q deganda 20000 AQSH dollaridan ko’proq yillik daromadi bor.

12. Mamlakatdagi eng qimmat Empayr mehmonxonasining qurilish ishlari uchun 2,7 mlrd AQSH dollari sarflangan. Bu erdagi jihozlar, idishlar va hatto santexnika buyumlari ham o’ta qimmatbaho metallardan yasalgan.

13. O’lkadagi ayrim Bruneyliklar umuman ishlashmaydi. Ular mamlakatdan yaxshigina daromad olib turishadi.

14. Sultanatda tibbiy xizmatlar va ta’lim olish mutlaqo bepul. Mahalliy aholi orasidan kimdir Garvard yoki Oksfordda o’qimoqchi bo’lsa, uning barcha harajatlarini hukumat to’lab beradi.

15. Ammo shunga qaramay, o’qishni istaganlar ozchilikni tashkil etadi. Barcha narsa muhayyo bo’lgandan keyin o’qishga ham istak bo’lmasa kerak-da!

16. Mamlakat islom dini qonun-qoidalariga ko’ra boshqariladi.

17. Bruneyda spirtli ichimlik sotadigan do’konlar mavjud emas. Bu yerlik aholi vakillari ichish va chekishdan qattiq saqlanishadi.

18. Bruney ayollariga boshqa islom mamlakatlari ayollariga nisbatan ko’proq erkinlik berilgan. Bu yerda mini yubka kiygan qizni uchratmasangiz ham, ularning mashina haydashi, politsiyada xizmat qilishi va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi ta’qiqlanmagan.

19. Bruney aholisi o’z sultonlarini juda yaxshi ko’rishadi va uning deyarli har bir fikri aholi tomonidan so’zsiz ma’qullanadi.

20. Sulton saroyi dunyodagi eng qimmat qasr hisoblanadi va u “Ginnesning rekordlar kitobi”ga “Dunyoning sakkizinchi mo’jizasi” sifatida kiritilgan.

21. Saroy har yili ma’lum kunlar davomida aholi vakillari uchun ochib beriladi.

22. Bruneyda siyosiy partiyalar, oppozitsiya va saylovlar ham yo’q.

23. Bruney sultoni Muda Xassanal Bolkiax Muizzadin Vaddaulax Britaniya qirolligi ritsari bo’lib, fan doktori unvoniga ega. Shuningdek 4 tilda, jumladan rus tilida erkin suhbatlashadi.

24. Sultonning 2 ta xotini va kattagina harami bor. Haramdagi qizlar butun dunyoning turli burchaklaridan olib kelinadi.

25. Mamlakatdagi eng katta jazo – fuqarolikdan mahrum etishdir.

26. Mamlakat qonunlariga ko’ra sultonning to’ng’ich o’g’li alohida yashashi mumkin emas. Shu sababli shahzoda 2000 mingta xonasi bor saroyning “bir burchagidan” joy topishga “majbur”.

27. Dunyoning boshqa burchaklarida bruneyliklarni uchratish amri-mahol. Bu yerliklar o’z mamlakatlaridan ko’chib ketish haqida hayol ham qilmaydilar.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bruney haqida hayratlanarli faktlar