
Bu mitti kuchukcha internet olamida haqiqiy yulduzga aylanib ketdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Sababi u chiqindilar ko’chaning istalgan yerida emas, faqatgina ahlat idishlarida turishi kerakligini yaxshi biladi.
Chuntsin shahri (Xitoy) aholisi atrof-muhit haqida qayg’urib, ko’chadagi chiqindilarni ahlat idishiga tashib keltiradigan ushbu aqlli kuchukchaga birinchi bor to’qnash kelayotganlari yo’q.
“Kuchukcha sohibining aytishicha, u o’z jonivorini 2 oylik paytidan katta qila boshlagan va ayni paytda bor-yo’g’i 10 oylik ekanligiga qaramay haqiqiy yulduzga aylanib bo’ldi” deydi xorijiy nashrlardan biri.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar