18:50 / 25.10.2017
5 216

«Bo‘g‘ilib» qolgan Xitoy: mamlakatda barcha zavodlarning deyarli yarmi yopilishi mumkin

«Bo‘g‘ilib» qolgan Xitoy: mamlakatda barcha zavodlarning deyarli yarmi yopilishi mumkin
XXRga 1-raqamli sanoat davlati maqomiga erishish oson kechmadi – mamlakat zararli moddalar va minglab zavodlar tufayli «bo‘g‘ilib» qolmoqda. Havo sifati normalariga e’tibor bermaslik yaqinda shunga olib keladiki, Xitoyning eng chekka tumanlaridagi havo ham sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Olimlarning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati o‘n millionlab insonlar sog‘lig‘i bilan bog‘liq jiddiy vaziyatga e’tibor qaratishni boshlamoqda. Biroq, Science Alert jurnalida maqola e’lon qilgan olimlarning fikricha, muammoni sanoat korxonalari sonini 40 foizga kamaytiribgina qisman hal qilish mumkin.

Shu bilan birga, tadqiqotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoydagi 80 mingdan ko‘proq zavodlar rahbariyati atrof-muhitga yetkazilgan zarar bo‘yicha faktlarni yashirishda ayblanmoqda. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, suvga tashlangan kimyo moddalar tufayli vujudga kelgan qiziq hamda ko‘k daryolar, shuningdek, qora osmon va qalin smog XXR aholisini anchadan berish tashvishga solib kelmoqda. Shuningdek, Xitoyda yil sayin onkologik kasalliklar tufayli sodir bo‘layotgan o‘lim holatlari ortib bormoqda. Tadqiqotchilarning bildirishicha, bunga eng asosiy sabab – falokat yoqasidagi ekologiyadir.

Xavfli kichik zarrachalar miqdorini kamaytirish bo‘yicha keskin chora-tadbirlar atmosferaga chiqarib tashlanuvchi zararli moddalarni jiddiy qisqartirishni nazarda tutadi – 2016 yildagi bir kub metrga 47 mikrogrammdan 2035 yilga kelib bir kub metrga 35 mikrogrammga qadar. Biroq, bu rejani amalga oshirish uchun nafaqat mamlakatdagi deyarli har bir zavodni modernizatsiya qilish, balki ularning sonini kamaytirish ham talab etiladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Bo‘g‘ilib» qolgan Xitoy: mamlakatda barcha zavodlarning deyarli yarmi yopilishi mumkin