10:03 / 29.10.2017
6 362

Italiyalik fermer dalada Shimoliy Koreya yetakchisining ulkan suratini yaratdi

Italiyalik fermer dalada Shimoliy Koreya yetakchisining ulkan suratini yaratdi
Italiyalik fermer Dario Gambarin o‘zining traktorida Verona yaqinidagi dala maydonida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 200 metrlik suratini yaratdi.

Gambarin surat yuqorisida ikkita raketani tasvirlagan, ostida esa ingliz tilida "Xavfli" degan yozuvni bitgan.

Surat maydoni 22 ming kvadrat metrni, uzunligi 250 metrni, eni esa 90 metrni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, fermerga bu suratni yaratish uchun 5-6 soat vaqt kifoya qilgan.

"Kim Chen In katta xavfga ega yadroviy sinovlar o‘tkazadi. Yana Donald Tramp ham bor, u kuchli shaxs bo‘lgani sabab Kim Chen Inga bo‘sh kelgisi yo‘q. Biroq ular insoniyat yeri bilan o‘ynashishmoqda: biz yadro urushiga kirishimiz uchun bitta bomba kifoya qiladi", deb aytmoqda fermer.

Gambarin Gamburgda o‘tgan "Katta yigirmatalik" sammiti oldidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin suratini yaratgandi. Umuman olganda, iste’dodli fermer bunday suratlari bilan bir necha yil avval tanilgan. Uning asarlari orasida AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro, Rim papasi Fransisk va boshqa mashhur odamlarning suratlari bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Italiyalik fermer dalada Shimoliy Koreya yetakchisining ulkan suratini yaratdi