Butun Shimoliy Koreya bo‘ylab oxirgi hafta davomida aholini evakuatsiya qilish mashq qilindi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mashg‘ulotlar mamlakatning turli qismlaridagi kichik shaharlarda o‘tkazilgan. Bundan tashqari, yorug‘lik maskirovkasi rejimi qo‘llangan. Bunda potensial raqibni mo‘ljaldan og‘dirish maqsadida butun boshli aholi punktlarida chiroqlar o‘chirib qo‘yilgan.
Bu xabarlar Pentagon rahbari Jeyms Mettisning Janubiy Koreyaga tashrifi ortida paydo bo‘ldi. Mettis AQSh Shimoliy Koreyani hech qachon yadroviy davlat deb tan olmasligini va Vashington Shimoliy Koreya muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilishning bir nechta variantini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.
Shimoliy Koreyada bunday mashg‘ulotlar oxirgi marta 2003 yilda o‘tkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”