Toshkent shahrida tashkillashtirilgan MDH Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida Qirg‘iz Respublikasi Bosh vaziri Sapar Isaqov "Qozog‘iston hukumati Erkin savdo hududi shartnomasi hamda tranzit chegara o‘tkazish imkoniyatlaridan foydalanib, qozoq-qirg‘iz chegarasida sun’iy tirbandlikni” yaratayotganini, oqibatda oddiy tadbirkorlar jabr ko‘rayotgani haqida gapirib o‘tgandi.
O‘z o‘rnida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Bakitjan Sagintayev ayblovlarga javob qaytardi.
"Bu noto‘g‘ri fikr, deb hisoblayman va Qozog‘iston Erkin savdo hududi shartnomasi talablaridan chiqmagan holda ish olib borayotganini bildiraman. Biz hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlarga tayanib, ayblovlarni asoslantirilishini so‘rayman. Biz bu haqda ochiq gapirmoqdamiz, shuningdek, javobni tez orada eshitamiz, deb o‘ylayman”, deydi u.
Bundan tashqari, qozoq Bosh vaziri o‘z nutqida chegara bojxona qismida kuchaytirilgan nazoratga izoh berib, "Erkin savdo hududi shartnomasini qo‘llab, veterinar, fitosanitar va bojxona nazorati” bo‘yicha hamkorlikka qilishga tayyorligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi