7 310
Qirg‘iziston prezidentligiga nomzod bo‘lgan Omurbek Babanov o‘zbeklarga qilgan murojaati uchun qamalishi mumkin
Qirg‘iziston bosh prokuraturasi Jo‘qorg‘i Kenesh deputati Omurbek Babanov va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi, deb yozadi Kun nashri.
«Respublika — Ata Jurt» partiyasi yetakchisi konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirish hamda milliy, irqiy va diniy nifoqni avj oldirish bo‘yicha ommaviy bayonotlar berishda ayblanmoqda.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, gap Omurbek Babanovning O‘sh shahridagi «Amir Temur» kichik tumani aholisi bilan saylovoldi tashviqoti doirasida 28 sentyabr kungi uchrashuvda qilgan chiqishi haqida ketmoqda.
«Omurbek Babanov yig‘ilganlar oldida chiqish qilib, aholining o‘zbeklar qismi ovozlarini olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. U o‘zbeklar huquqlarining cheklanishi, mamlakatdagi milliy notenglik va davlat organlari tomonidan o‘zbeklarga bosim haqida gapirgan. Shundan so‘ng ularni bu holatga faol qarshilik qilishga chaqirdi», - deya aniqlik kiritib o‘tishgan Bosh prokuraturadan.
Filologiya va siyosiy ekspertiza, ta’kidlanishicha, Babanovning bu ommaviy bayonotlarida milliy nizo qo‘zg‘ashga, odamlarni bo‘ysunmaslikka va hokimiyatni ag‘darishga qaratilgan chaqiriqlari borligini aniqladi. «Shuningdek, Davlat sud-ekspertizasi xizmatining xulosasiga binoan, elektron ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan ushbu nutqda montaj belgilari yo‘qligi aniqlandi», - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Jinoiy ish Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 297-moddasi 1-qismi (konstitutsiyaviy tuzumni zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqiriq) va 299-moddasi 1-qismi (milliy, irqiy yoki diniy nifoqni qo‘zg‘atish) bilan nazarda tutilgan holatlar asosida qo‘zg‘atildi. Ish keyinchalik tergovni tashkil etish uchun Qirg‘iziston Respublikasi Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”