09:40 / 11.11.2017
8 907

Ekstrasens Viktoriya Raydos AQShning kushandasi aslida qaysi davlat ekanini bashorat qildi…

Ekstrasens Viktoriya Raydos AQShning kushandasi aslida qaysi davlat ekanini bashorat qildi…
Kuni kecha ekstrasens Viktoriya Raydos Amerikani kim vayron qilishi, bir so‘z bilan aytganda, kushandasi qay mamlakat bo‘lishini bashorat qildi. Uning aytishicha, bu mamlakat Yaponiya hisoblanadi. Kunchiqar davlat Amerikadan Xirosima uchun shafqatsiz o‘ch olarkan.

— Hozir Yaponiya va Amerika Qo‘shma Shtatlari, — dedi ekstrasens. — Katta janjal bo‘sag‘asida turishibdi. Bu Shimoliy Koreya tarafidan Amerika shaharlariga yadro bombasi yog‘dirilishi hisoblanadi. To‘g‘ri, Yaponiya o‘z yadro quroliga ega emas. Amerika ham buni yaxshi biladi. Lekin yaponlar intiqomni aynan Shimoliy Koreyaning qo‘li bilan amalga oshirishadi.

Ular garchi AQSh ga ittifoqdosh sanalsalar-da, yashirin tarzda Shimoliy Koreya bilan sulh tuzishadi va shunga asosan bu urushda ishtirok etishdan keskin bosh tortishadi. Xuddi shu harakat Kim Chen Inga Amerika ustiga yadro raketalari yog‘dirishi uchun qulay imkoniyat yaratadi. Esda tuting, Xirosima va Nagasakida atom bombasi tufayli halok bo‘lganlarning arvohlari hanuz tinchlana olgan emas. Ular chirqillashda davom etishmoqda.

So‘zining oxirida ekstrasens bir narsani alohida ta’kidladi. Bu bashoratni Xirosima va Nagasakida atom bombasi tufayli halok bo‘lganlarning ruhlari diliga solibdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekstrasens Viktoriya Raydos AQShning kushandasi aslida qaysi davlat ekanini bashorat qildi…