02:40 / 12.11.2017
5 399

Saudiya Arabistoni Bahraynga neft berishni vaqtinchalik to‘xtatdi

Saudiya Arabistoni Bahraynga neft berishni vaqtinchalik to‘xtatdi
Saudiya Arabistoni Bahraynga tortilgan neft quvuri ishini u portlatilgani sababli vaqtinchalik to‘xtatdi va mamlakatning qolgan neft ob’ektlaridagi xavfsizlikni kuchaytirdi. Bu haqda “Al-Arabiya” telekanali xabariga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Bahrayn ichki ishlar vazirligi Saudiya Arabistonidan keluvchi neft quvuri “ekstremistik harakatlar” tufayli portlatilganini ma’lum qilgan. Fuqarolik mudofaasi kuchlari quvurda vujudga kelgan yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Politsiya ushbu hodisa yuzasidan tergov boshlagan.

Saudiya Arabistoni vazirligi ushbu hujumni qoralagan. Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistonidagi neft ob’ektlarida xavfsizlik “eng yuqori darajaga” ko‘tarilgan.

Neftning Bahraynga vaqtinchalik to‘xtatilishini Saudi Aramco neft kompaniyasi ham tasdiqlagan.

Bahrayn tashqi ishlar vaziri Xolid Al Halifa tvitterdagi xabarda neft quvurining portlatilishida go‘yoki “Bahrayn xavfsizligiga putur yetkazmoqchi va neft bozoriga zarba bermoqchi bo‘layotgan” Eronni ayblagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya Arabistoni Bahraynga neft berishni vaqtinchalik to‘xtatdi