Oramizda arvohlarning mavjud ekanligiga ishonadigan insonlar oz emas, ammo amerikalik Adam Ellis o’zini arvoh ta’qib qilib yurganiga ishonch hosil qilib bo’lgan. Bu haqida “120.su” nashri xabar bermoqda.
Adam bir necha oy avval ijtimoiy tarmoqlardan biridagi sahifasida o’zini bolakay arvohi ta’qib qilib yurgani, u avval Adamning tushlariga kirib, keyinchalik real hayotda ham paydo bo’lgani haqida yozgandi.
Bu voqeadan qo’rqib ketgan yigit yashash joyini o’zgartirdi, ammo bolakay uni baribir topib oldi.
Bir necha kun avval Adam uyg’onib ketgan mahali bolakayning divanda o’tirganiga ko’zi tushgan va qo’rquv ichida arang telefonini topib, uni bir necha bor suratga tushirgan.
Suratda bolakay arvohining gavdasini ko’rish mumkin. Internet foydalanuvchilaring ayrimlari Adamga achinayotgan bo’lsalar, ayrimlari buni mashhur bo’lish maqsadida o’ylab topilgan uydirma deb baholamoqdalar.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”