
Rim papasi Fransiskka Lamborghini sport avtomobilining noyob nusxasi hadya qilindi. Bu haqda «The Local»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Oq avtomobil xuddi pontifikning libosi kabi tilla bilan bezatilgan.
Fransisk sovg‘adan bosh tortdi hamda superkar auksionda sotiladigan bo‘ldi, olingan mablag‘lar esa xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Rim papasi mashinaning kapotida dastxat qoldirdi hamda uni «kim oshdi» savdosi uyiga topshirdi.
Kutilishicha, maxsus ishlab chiqarilgan sport avtomobili Italiyadagi chakana narxidan ko‘ra (200 ming yevro) ancha qimmatroqqa sotiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar