
AQSh Prezidenti Donald Tramp Twitter (@realDonaldTrump) sahifasi orqali Xitoydagi mojaro yuzasidan o‘z fikrini bildirdi. Los-Anjeleslik basketbolchilarning Xitoyda qilgan o‘g‘irliklari uchun mamlakat politsiyasi ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan hamda sportchilarni qamoqqa olgan edi.
Trampning izoh berishicha, u mahbuslarning ozod etilishi uchun harakat qilgan va bunga erishgan ham. Lekin qamoqqa olinganlardan birining otasi Trampning aralashuvisiz ham ular ozod etilishi shart edi, deb fikr bidirgani AQSh Prezidentining g‘azabini keltirgan. Bu haqda Qalampir.uz yozdi.
Jumladan, do‘konga o‘g‘irlikka tushganlardan yana birining otasi bo‘lgan Lavar Boll vaziyatga izoh berarkan “unchalik jiddiy jinoyat emas-ku bu” degan.
«Hoursnews» nashri xabariga ko‘ra, Tramp o‘z fikri yakunida “ular qamoqda qolaverishlari, ozod etilishlari uchun aralashmasligim lozim edi” deb izoh qoldirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar