U Amerikada o‘tgan prezidentlik saylovlarida Donald Tramp g‘alaba qilishini oldindan bashorat qilgandi. Yaqinda u 2018 yilda bizni nimalar kutayotganini bashorat qildi. Bashoratchining aytishicha, 2018 yil tabiiy ofatlarga boy bo‘ladi. Bir qator davlatlarda yil davomida kuchli yer silkinishlari kuzatiladi.
Rivojlangan davlatlarning iqtisodiy ahvoli achinarli tus oladi. Angliyada yil bo‘yi turli talablarga qorishiq norozilik aksiyalari avj oladi. 2018 yili Amerikaning ulkan kemalaridan biri suvga g‘arq bo‘lishi kutilmoqda.
U Shimoliy Koreya masalasiga ham alohida to‘xtaldi. Bashoratchining aytishiga ko‘ra, basharti Amerika bu mamlakatga qarshi jiddiy sanksiyalar qo‘llasa, Kim Chen Inni o‘z xalqi taxtdan tushiradi. Angliya bosh vaziri Tereza Mey ham yil davomida lavozimini saqlab qolish ilinjida yelib-yuguradi. Donald Tramp esa impichmentga chap berishga erishadi.
Neapol yaqinidagi vulqon uyg‘onadi. Bashoratchi bu bilan Vezuviy vulqoniga sha’ma qilgan. Vaholanki, bu vulqon dunyoda eng yirik va xavfli vulqonlardan sanaladi.
Antarktida muzliklari ommaviy tarzda ko‘cha boshlaydi. Bu ko‘plab mamlakatlarda suv toshqinlarini keltirib chiqaradi.
Lekin yorug‘ dunyoni bu kasofatlardan tashqari yaxshiliklar ham qurshab turadi. Bizning asrimizni Oltin asr deb bejiz aytishmagan. Dunyo xalqlari 2018 yili ma’naviy jihatdan juda tez sur’atda o‘sish pallasini boshdan kechiradi.
Tabiiy ofatlarning o‘zi ham dunyo ahlini birlashtiradi. Biz bir-birimizga ilgarigidan-da ko‘proq, kuchliroq mehr ko‘rsata boshlaymiz. Mehr-oqibat degan buyuk tuyg‘u eng yuksak cho‘qqilarni zabt etadi. Ishqilib, har bandani Xudoyimning o‘zi panohida asrasin!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz