Seulda «Valday» xalqaro munozara klubining 8-Osiyo anjumani ochilishida chiqish qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Morgulov Koreya yarim orolida vaziyatni izga solish bo‘yicha bosqichma-bosqich rejani taqdim etdi. Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» xabar bermoqda.
Morgulovga ko‘ra, harbiy keskinlikni pasaytirish birinchi qadam bo‘lishi lozim. Bu KXDR raketa-yadro sinovlaridan voz kechishi, shuningdek, AQSh va Janubiy Koreya mashg‘ulotlari soni hamda ko‘lami kamaytirilishini anglatadi.
Ikkinchi bosqich AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishi bo‘lishi kerak. Bunga ikki koreys davlati muloqoti tiklanishi ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Muzokaralar bo‘lib o‘tgandan so‘ng, uchinchi bosqichda barcha manfaatdor davlatlar ishtirokida Osiyoda umumiy xavfsizlik masalalarini muhokama etish jarayonini ishga solish talab etiladi.
Rossiya TIV rahbarining o‘rinbosari Moskvaning yarim orolda vaziyatni izga solish bo‘yicha yo‘l xaritasi haqidagi taklifi Vashington va Pxenyanga yetkazilgani, biroq bunga hali javob bo‘lmaganini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi