14:18 / 27.11.2017
5 808

Las-Vegasdagi teraktda omon qolgan erkak mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi

Las-Vegasdagi teraktda omon qolgan erkak mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi
1 oktyabr kuni Las-Vegasda Stiven Peddok tomonidan uyushtirilgan otishmada omon qolgan 52 yoshli Roy Makklellan mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda «Forum Daily»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.

Erkakni 15 noyabr kuni Las-Vegasdan 60 mil g‘arbda joylashgan hududda shossening o‘ng tomonidan ketayotganida mashina urib yuborgan.

Xabarda qayd etilishicha, Makklellanni urib yuborgan haydovchi hodisa joyidan yashiringan. Politsiya avtomobil qismlarini topishga muvaffaq bo‘lgan va erkakni Chevrolet Camaro avtomobili urib yuborganligini aniqlagan. Hozirda mashina topilgan va ish ko‘rib chiqilmoqda.

«Taxminimcha, haydovchi alkogol yoki narkotik moddalar ta’sirida bo‘lgan, u politsiya tomonidan qo‘lga olinishni istamagan. U erimni mashinasida urib qochib ketgan. Roy ko‘chada qolib ketgan. Turmush o‘rtog‘im bunday tahqirlashga nomunosib edi», — deydi marhumning bevasi Denez Makklellan.

U 1 oktyabrda yuz bergan otishma paytida yaralanmaganini, u jarohatlanganlarga yordam berish uchun hodisa joyida qolganini qo‘shimcha qildi.

«Men erimning o‘sha otishma paytida nima uchun omon qolganini tushunmayman, biroq u bir oydan keyin esa mana shu tarzda hayotdan ko‘z yumdi. Umid qilamanki, turmush o‘rtog‘im xotirjamlik topdi va uning hayoti endi xavfsizlik ostida», — deydi Denez.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Las-Vegasdagi teraktda omon qolgan erkak mashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi