07:12 / 29.11.2017
4 393

Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov sudda aybini tan olmadi

Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov sudda aybini tan olmadi
Nyu-Yorkda terakt amalga oshirishda ayblanayotgan Sayfullo Soipov sudda aybini tan olmadi. Bu haqda Nyu-York janubiy okrugi prokuraturasi vakili ma’lum qilgan, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

28 noyabrda 29 yoshli Soipovga Nyu-York federal sudida ayblov rasman e’lon qilingan.

“U aybini tan olmadi”, deb aytgan sud vakili. Soipovni endi keyingi marta sudga 2018 yil 23 yanvarda olib kelish rejalashtirilgan.

Bir hafta oldin katta hay’at Soipovga 22 ta banddan iborat ayblov xulosasini chiqargan. Umumiy hisobda Soipov 8 ta qotillik, 12 ta qotillikni amalga oshirishga urinish, IShID terrorchilik guruhiga ko‘mak berish va bunga urinish, zo‘ravonlik va transport vositasini shikastlash bo‘yicha ayblanayapti.

Soipovga ikkita modda bo‘yicha umrbod qamoq jazosi yoki o‘lim jazosi berilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkdagi terakt ijrochisi Sayfullo Soipov sudda aybini tan olmadi