16:03 / 29.11.2017
7 092

Putin: Rossiya mustaqil Falastin davlati tashkil etilishi tarafdori

Putin: Rossiya mustaqil Falastin davlati tashkil etilishi tarafdori
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin xalqi bilan birdamlik xalqaro kuni munosabati bilan Falastin prezidenti Mahmud Abbosga maktub yo‘lladi.

"Rossiya BMT Xavfsizlik kengashining doimiy a’zosi va xalqaro vositachilarning Yaqin Sharqdagi "to‘rtligi" vakili sifatida falastinliklarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini hayota tatbiq etish borasida prinsipial pozitsiyani egallaydi.

Biz Yaqin Sharq muammosining adolatli va keng qamrovli, BMT XK rezolyutsiyalari va Arab tinchlik tashabbusini o‘z ichiga oluvchi xalqaro huquq negizida hal etilishi tarafdorimiz. Bunday hal etish natijasida 1967 yili Isroilning arab yerlarini egallab olinishiga chek qo‘yilishi va mustaqil, poytaxti sharqiy Quds shahrida bo‘lgan Falastin davlati tashkil etilishi kerak", - deyiladi maktubda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin: Rossiya mustaqil Falastin davlati tashkil etilishi tarafdori